Nega Office 2013 ga kirmoqchisiz? Undan nima olmoqchisiz? Qachon va qayerda istasangiz, ishlaydigan bo'lasiz. Office 2013 ga kirish bilan Office fayllaringizni ularga istalgan vaqt va joydan kirish uchun onlayn rejimida saqlab qo'yasiz. Mavzu va sozlamalarga ham istalgan joydan kirishingiz mumkin. Ular hatto turli qurilmalar orqali siz bilan sayohat qilib yuradi.
Agar sizda Office nusxasi bo'lsa, Microsoft qayd hisobi deb ataladigan shaxsiy qayd hisobidan (elektron pochta manzili va parol) foydalansangiz kerak. Qayd hisobingiz bo'lmasa ham zarari yo'q, yangisini ochish uchun qayddan o'tsangiz bo'ladi.
Agar sizda Office-ning ish joyi yoki maktab nusxasi bo'lsa, Tashkilot qayd hisobidan foydalaning. Qayd hisobi haqidagi ma'lumotni ish joyi yoki maktab beradi.
Har bir qayd hisobi sizga Maykrosoft-ning onlayn xizmatlariga kirish imkonini beradi va ushbu xizmatlar har bir qayd hisobi uchun turlicha bo'lishi mumkin. Ikkala qayd hisobiga ham ega bo'lishingiz mumkin. O'zingiz ishlamoqchi bo'lgan Office fayllari bor qayd hisobiga kirsangiz bo'ldi.
Tizimga kirgan-kirmaganingizni ko'rish uchun har bir Ofiice dasturining o'ng yuqori burchagidagi yoki Office dasturini ishga tushirayotgan paytda paydo bo'ladigan ismingizga qarang. Tizimga kirganingizdan so'ng profilingizni yangilashingiz yoki istalgan payt qayd hisoblarining biridan ikkinchisiga o'tishingiz mumkin.